Mahsulotlar katalogi
Tasvir
Portativ bog'lash mashinalari mahsulotni o'rab qadoqlash ishlarini bajarishda sizga ko'p vaqt va mehnatni tejash imkonini beradi. LSV3 (PBM) tasmani taranglash, elimlash va kesish funksiyalarini xar qanday qisqichlar yoki skobalarsiz birlashtiradi, shu bilan birga samaradorlikni oshiradi va bog'lash chiqindilarini kamaytiradi. Bundan tashqari, bevosita elektr tarmog’iga ulashga hojat qoldirmasdan to'liq zaryadda, portativ elektr qadoqlash mashinasi istalgan joyda, istalgan vaqtda ishlashi mumkin. Mashina funktsiyalarni sozlash uchun LCD displeydan foydalanadi, bog'lash jarayonini Avtomatik / Yarim avtomatik va qo'lda boshqarish funktsiyalari orasidan o'zingizga eng mos keladigan funksiyani tanlashingiz mumkin. Qadoqlash jarayonida zarur bo'lgan qadoqlash lentasi mustahkamligi va payvandlash vaqtini sozlashingiz mumkin.
Qurilma quvvati 4000 mA / soat bo'lgan qayta zaryadlanuvchi lityum batareya bilan jihozlangan va to'liq zaryadlangan batareya 150-200 marotaba qadoqlash lentalarini elimlash uchun etarli (qadoqlash lentasining turiga qarab, bu qiymat biroz farq qilishi mumkin). Batareyani 2000 marta zaryadlash mumkin, zaryadlash vaqti 90 daqiqa, keyin u ochiq havoda 5 soat ishlashi mumkin. Kengligi 12 dan 16 mm gacha va qalinligi 0,4 dan 1 mm gacha bo'lgan PET (polyester), PP (polipropilen) tasmalar uchun qo’llanishi mumkin. Ushbu qurilma gofrirovka qilingan qutilar, plastmassa quvurlar, tekstil sanoati va boshqalar shu kabi engil va o'rta o'lchamdagi o’ramlarni bog'lash uchun ideal vositadir. Shuningdek ushbu qurilma issiqxonalarda ham muvaffaqiyatli qo'llanilishi mumkin.
Tavsifnoma
- Taranglash kuchi: 400-3200 N (sozlanuvchi)
- Taranglash tezligi: 10-200 mm/s
- Elimlash kuchi: taxminan tasma kuchiga nisbatan 75%
- Elimlash miqdori: 150-200 marta
- Atrof-muhit harorati: 5 dan 45 darajagacha
- Optimal ish harorati: 15 dan 25 daraja Selsiy
- Uskuna uzunligi: 380 mm
- Uskuna kengligi: 135 mm
- Uskuna balandligi: 135 mm
- Og'irligi: 3,3 kg
- Batareya: Litiy (NiCd или NiMH) 14.4 V
- Batareya og'irligi: 0,6 kg
- batareya quvvatlanish vaqti: 90 daqiqa
