Mahsulotlar katalogi
Tasvir
Mazkur qo'l pnevmatik uskuna poligrafiya sanoatida, rangli gofrirovka qilingan qog'oz qutilarini ishlab chiqarishda chekka chiqindilarni olib tashlash uchun qo'llaniladi va uskuna uchun belgilangan maqsadga muvofiq qo’llanishi lozim. Chiqindi qirra olib tashlash pnevmatik motor tomonidan ishlab chiqarilgan o'tkir zanjirli tishlarning yuqori aylanishi bilan amalga oshiriladi. Uskuna 200-500 g zichlikgagi qog'oz, bir / ikki qavatlik gofrokarton va yuqorida belgilangan zichlikdagi qog'oz mahsulotlari uchun mo’ljalangan.
Xususiyatlari:
- Pnevmatik qirra olib tashlash uskunasi samaradorligi ushbu guruhdagi an'anaviy qo'l uskunalaridan kamida 5-10 baravar yuqoridir.
- Uskuna ixcham tuzilishga ega, engil vazn, foydalanish uchun juda qulay va oddiy yo’riqnomalardan so'ng erkaklar ham, ayollar ham boshqara oladi.
- Ushbu Uskunaning quvvat manbai havo dvigateli bo'lib, u xavfsiz va uzoq xizmat muddatiga ega.
- Mashinaning tishli zanjiri issiqlik bilan ishlov berishdan so'ng yuqori quvvatli qotishma po'latdan yasalgan bo'lib, u juda yuqori qattiqlik va yuqori qarshilikka ega.
Ish bosqichlari:
1. Bir qo'l uskuna harakatini boshqarish uchun yuqori qismida joylashgan yoy shaklidagi tutqichni ushlaydi, ikkinchi qo'l esa havo motorini ehtiyotkorlik bilan ushlab turadi.
2. Dvigatelning yurgizish elastic tugmachasini bosing, dvigatel va zanjir harakatlana boshlaydi, tugmaga qanchalik ko'p bosim o'tkazilsa, tezlik shunchalik tez bo'ladi, tezlik barqarorlashguncha tugmani ohrigacha bosishingiz kerak, so’ngra qirra tozalashni boshlashingiz mumkin.
3. Aylanadigan zanjirning old qismini gorizontal ravishda chiqindi chetiga qo'ying, mashinani oldinga va orqaga, chapga va o'ngga silkitishiga yo'l qo'ymaslik uchun uni mahkam ushlang va bir vaqtning o'zida karton qogoz to’plamidan chekka chiqindilar ajiratish uchun pastga yurgizing.
4. Chiqindilarni olib tashlashni tugatgandan so'ng, barmoq elastik tugmadan olinadi va uskuna dvigatel va zanjiri aylanishni to'xtatadi.
5. Uskunadan foydalanishni to'xtatganingizda, ish xavfsizligi qoidalariga muvofiq, siqilgan havo manbasini o'chirishingiz kerak, so'ngra shikastlanmaslik uchun qoldiq havoni chiqarish uchun uskuna dvigatel tutqichini bosing. Jarohatlanish va zanjirga shikast etkazmaslik uchun uskunani belgilangan joyga osib qo'ying.
Tavsifnoma
- Havo quvur ulagich - 1/4"
- Zanjir aylanish tezligi: 2500 a.d.
- Uskuna og'irligi: 3,5 kg
- Havo bosimi: 6-8 kg/sm2
- Havo iste'moli: 13 CFM.
- Zanjir materiali: 61 ° toza oq po'lat, kuchli va emirilishga bardoshli
Uskuna Xitoyda ishlab chiqarilgan
