Mahsulotlar katalogi
Tasvir
ISHONCHLI - Bu model engil bo’lmasada, paxtani qayta ishlash zavodlarida qo’llaniladigan qalin va keng PET tasma bilan ishlash uchun juda ishonchli va samaralidir. Ushbu pnevmatik uskuna pnevmatik silindr va porshen xosil qilgan bosim va ishqalanish kuchi orqali qalin devorli qadoqlash tasmasini engil va maxkam birlashtiradi. PET qadoqlash tasma eni: 15-19 mm; qalinligi: 0,8-1,5 mm.
SIFATLI – Qadoqlash uskunasining asosiy korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, yuqori quvvatli, issiqlik va korroziyaga chidamlidir. Ilg'or ishlab chiqarish texnologiyasi tufayli u bardoshli va uzoq vaqt davomida xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan.
XUSUSIYATI - Bu uskuna faqat bitta funktsiyaga ega, ishqalanish kuchi bilan birlashtirish. Ammo boshqa modellardan farqi shundaki, eritish jarayonida plastik tasma bir onda ikkita nuqtani mahkamlaydi. Uskuna quyidagi sanoat sohalari uchun keng qo’llaniladi, paxta toyalarini, plastmassa va alyuminiydan tayyorlangan presslarni bog'lash uchun mo'ljallangan va gidravlik press bilan tandemda ishlaydi.
ODDIY KO'RINISH - Qulay tutqich, sirpanmaydigan kauchuk tutqich va mustahkam. Kichik o'lchamlari va o'rtacha og'irligi tufayli ushbu mashinaning dizayni uzoq vaqt davomida tashish va foydalanish uchun qulay.
QO'LLANISHNING TOR DOIRASI - Uskuna paxta punktlari va to'qimachilik klasterlarida paxta toyalarini press ostida qadoqlash uchun mo’ljalangan.
Tavsifnoma
- - Maksimal ruxsat etilgan ish bosimi: 0,8 mPa
- - Kerakli bosim: 0,5 – 0,8 MPa
- - Ideal bosim: 0,65 mPa
- - Uskunaning og'irligi: 2,5 kg
- - Uzunligi: 240 mm
- - Kengligi: 108 mm
- - Balandligi: 135 mm
- - Qadoqlash tasmasi: PET
- - Qadoqlash tasmasi kengligi: 13-19 mm
- - Qadoqlash tasmasi qalinligi: 0,5-1,5 mm
- - Vibratsiya darajasi: ISO5349 talablar doirasida
- - Siqilgan havo iste'moli: 0,3 l/min.
- - Erish vaqti: 1-4 soniya
